PRESS TUR

May 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Ayni paytda Samarqand viloyatida Qurilish vazirligi tomonidan OAV xodimlari ishtirokida press tur o’tkazilyapti. Jurnalistlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazida bo‘lib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqdаlar.

✅Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi chog‘ida markaz qurilishini zamonaviy va milliy meʼmorlik anʼanalarini uygʻunlashtirgan holda amalga oshirish, bunyodkorlik ishlarida sifatli qurilish materiallaridan foydalanish, hududda ziyorat turizmini keng yoʻlga qoʻyish boʻyicha mas’ullarga zarur topshiriqlar bergan edi.

❗️Press tur davomida OAV xodimlari mualliflik nazorati, quruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda markaz qurilishining bugungi bosqichlari haqida mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.