• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR

Noyabr 25, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📍 Qurilish vazirligi mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirokidagi press-turning navbatdagi manzili: Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFY hududida qurilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivi.

⏺Buyurtmachi: “Agromir Building” MCHJ
⏺Loyihachi: “Univerpro stile” MCHJ

🗣Hududda jami 16 qavatli 14 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. 2022-yilning iyul oyidan boshlab, hozirgi kungacha 4 ta uyda qurilish-montaj jarayoni ketmoqda.

🆘 Kuzatuvlar davomida mazkur massiv qurilishida ayrim kamchiliklar aniqlandi:
• loyihada gazoblok va monolit devorlar orasi 30 mm qalinlikda montaj penasi bilan to’ldirilishi ko’rsatilgan, amalda esa qurilish qorishmasi bilan to’ldirilgan;
• qurilish hududida maxsus ombor mavjud emas;
• qurilish materiallari ochiq holatda saqlanmoqda;
• Seysmik talablarga ko’ra, tasdiqlangan loyiha talabiga asosan nazarda tutilgan D 5 VR o’lchamdagi simlar o’rniga, D 3 VR o’lchamdagi simlardan foydalanilmoqda;
• qurilish maydoni hamda binolar chiqindilardan tozalanmagan.

➡️Jizzax viloyati Qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko’ra, ushbu qurilish obyekti bo’yicha “Qurilishda davlat nazorati” MAT orqali 3 ta muddatli ko’rsatma rasmiylashtirilgan. Nazorat ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf etilmagani sabab loyihachi “Univerpro stile” MCHJ tomonidan ushbu qurilish obyektiga buyruq asosida biriktirilgan mualliflik nazoratini olib boruvchi xodimga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtK 99-moddasi 1-bandiga asosan jarima qo’llanilgan.

⚡️Aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarining ko‘rilishi Qurilish vazirligi tomonidan nazoratga olindi.