Zilzilabardosh qurilish materiallariga talab har qachongidan yuqori!
Qurilish sohasi vakillari, qator loyiha tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirokida energotejamkor mahsulotlardan biri — avtoklavli gazobeton ishlab chiqaruvchi «EAST MINING INVEST» MCHJ QQ faoliyati bilan tanishmoqdalar.
Kompaniya Germaniyadan keltirilgan ilg’or jihozlar bilan ta’minlangan va yiliga 500 ming metr kub gazobeton ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Ayni daqiqalarda kompaniya mutaxassislari tomonidan press-tur ishtirokchilariga mahsulotning afzalliklari, texnik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.