PRESS TUR ONLAYN

25 Noyabr 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🗺”O’zbekiston” ko’chasidagi o’zboshimchalik!

🏘 Qurilish vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyati bo’ylab tashkil etilgan press-tur davomida davlat dasturlari asosida qurilayotgan binolar qatori tadbirkorlarga tegishli xususiy qurilish obyektlari ham ko’zdan kechirildi.

💬 Xususan, Guliston shahar “O’zbekiston” ko’chasida qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obyektlariga to’xtaladigan bo’lsak, mazkur obyektda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun Guliston shahar hokimi tomonidan tegishli tartibda yer maydoni ajratilgan.

◀️ Ammo ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlarining birortasi rasmiylashtirilmasdan, o’zboshimchalik asosida qurilish ishlari boshlangan va hanuzgacha davom etmoqda.

🔔 Sirdaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur vaziyat yuzasidan quruvchi tashkilotga bir necha bor rasmiy ravishda ogohlantirishlar taqdim etilgan.

📌 Hozirda O’zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda chora ko’rilishi uchun ish sudga yo’naltirilgan.