• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR ONLAYN

Dekabr 6, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔔 Yakkabog’dagi “Yangi O’zbekiston” massivining qurilishi mualliflik va texnik nazorati talablariga javob beradimi?

🟢Nazorat guruhi tomonidan press-tur davomida mazkur obyekt qurilishi ayrim kamchiliklardan holi emasligi aniqlandi.

Jumladan:
✔️ qish sharoitida qurilish-montaj ishlarini olib borish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilmagan;
✔️ qurilish materiallarini saqlash uchun maxsus omborxona mavjud emas;
✔️ ayrim binolarning fasad qismiga yopishtirilayotgan bazalt qoplamasi ustidan tortilishi ko’zda tutilgan setkalar to’liq tortilmagan;
✔️ loyihada gazoblokli parda devorlari mustahkamligini oshirish bo’yicha metall 4 lik ugolniklar nazarda tutilgan. Joyida o’rganishlar davomida 3 lik ugolniklardan foydalanilgani aniqlandi;
✔️ o’rnatilgan romlarning devor bilan oraliq masofalari montaj penasi bilan to’liq to’ldirilmagan.

✔️ Ma’lumot o’rnida, Qashqadaryo viloyati Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali mazkur obyektda 130 marta monitoring ishlari olib borilgan. O‘tkazilgan monitoring natijalariga asosan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 160 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan. 3 ta holat bo’yicha qurilish subyektlari mas’ul xodimlariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga yo‘naltirilgan.