• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish industriyasini muvofiqlashtirish bo‘limi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Qurilish industriyasini muvofiqlashtirish bo‘limi

Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;

— Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obʼektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;

— shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros obʼekti ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini bosh rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli boʻlgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno;

— shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funktsiyalarini bajaradi;

— umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obʼektlari uchun chegaralar belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

— shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi;

— aholi punktlari bosh rejalari, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatdan tashkil etish loyihalaridan barcha foydalanishini Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi saytida ularning ochiq grafik qismini eʼlon qilish yoʻli bilan taʼminlaydi;