• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish resurslari milliy klassifikatori

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish resurslari milliy klassifikatori
Apr 2, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi”ning 27-bandida “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasi ishlab chiqilishi belgilangan.

➡️Shu bilan birga “Markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning boshlangʻich qiymatini hisoblash maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Tovar xom-ashyo birjasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa tegishli vazirlik (idora)larning elektron maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilgan holda joriy etiladigan qurilish materiallarining onlayn elektron katalogi asosida aniqlash tizimini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Joriy yilning 1-aprel kuni Qurilish vazirligining Markaziy apparati binosida, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi masʼul xodimlari ishtirokida yuqoridagi masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” loyihasi koʻrib chiqildi hamda tegishli fikrlar almashildi.