• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatiga ega boʻldi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatiga ega boʻldi
Dekabr 30, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

❗️Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatiga ega boʻldi.

⚡️Inspeksiya tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Аvvalo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni talablari asosida inspeksiyada Komplayens xizmati tashkil etildi va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu dasturga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki meʼyoriy hujjatlar, yaʼni “Korrupsiyaga qarshi siyosat”, “Аxloq kodeksi”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati” kabi 20 dan ortiq ichki meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi va o‘rnatilgan tartibda barcha xodimlarga tanishtirish va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida komplayens xizmati xodimlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida joriy yilda 100 ga yaqin tushuntirish-profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida joriy yil davomida ommaviy axborot vositalari va tashkilotning rasmiy veb-sayti orqali sohaga oid jami 30 dan ortiq materiallar eʼlon qilindi.

Xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimlari ishtirokida seminarlar o‘tkazildi.