• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish sohasidagi yangiliklar

Fev 27, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Hukumat qarori (103-son, 26.02.2021 y.) bilan 2021–2025 yillarda sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.

🏗Dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda respublika bo‘yicha jami 31 ta yangi sud binolari qurilib, 107 tasi rekonstruksiya qilinadi.

☑️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari Dasturda nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha buyurtmachi etib belgilandi.

 


 

2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi.