Ishonch telefoni: (+998 71) 210-11-04 ( ichki raqam 5 )

Qurilish sohasini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo'ljallangan strategiyasi tasdiqlandi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilish sohasini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo’ljallangan strategiyasi tasdiqlandi
Noyabr 28, 2020 Posted by: tested Yangiliklar

QURILISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING 2021-2025 YILLARGA MO‘LJALLANGAN STRATЕGIYASI TASDIQLANDI
BU HAQDA PRЕZIDЕNT FARMONI E’LON QILINDI

Strategiyada asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu darayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash;
  • shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish;
  • shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, oqilonaligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
  • shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish;

 

Strategiyaga muvofiq quyidagilar amalga oshiriladi:

  • 2025 yil oxiriga borib “Biznes yuritish” xalqaro indeksida “qurilishga ruxsatnomalar olish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash belgilangan;
  • 2025 yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarining kamida 50 foizi xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashadi;
  • 2025 yilga borib barcha shaharlar va shahar posyolkalarining 25 foizi bosh rejalar bilan qamrab olishga erishiladi;
  • 2025 yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha to‘rtta elektron platforma yaratilishini, shuningdek ularning idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishi ta’minlanadi;
  • 2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.
  • 2021 yil 1 martdan boshlab qavati ikki qavatdan (pastki qavatni hisobga olmagan holda) ortiq, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan ortiq va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda ob’ektning davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi;
  • loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shuningdek yakka tartibdagi uy-joylarning qavatini ko‘paytirish ham man etiladi;
  • 2021 yil 1 iyungacha birlamchi ruxsat berish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan o‘tkazishdan tortib ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha qurilish jarayonlarini nazarda tutuvchi Yagona ma’muriy qurilish reglamenti ishlab chiqiladi;
  • 2021 yil 1 sentabrgacha fuqarolarga mustaqil ravishda qurilayotgan ob’ektlar to‘g‘risida axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish ob’ektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar ko‘rinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron tizimi yaratiladi;
  • Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Toshkent shahri tumanlari qurilish bo‘limlari Qurilish vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazilishi belgilangan.