⚡️Davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 32-sonli Farmoni asosida hududlarda aholini uy-joy bilan taʼminlash, ijtimoiy ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilash va kompleks tarzda qurish maqsadida 29 ta massivlar tanlab olingan.
✅ 2022-2026-yillarda qariyb 73 000 xonadonli 2100 dan ortiq koʻp qavatli uy-joylar qurish reja qilingan. Bunda 51 540 oʻrinli umumtaʼlim maktabi, 16 650 nafar bolaga moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2620 qatnovli tibbiyot muassasalari va boshqa obyektlarni qurish rejalashtirilgan. Bugungi kunda Dastur doirasida massivlarda qurilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan. Bunda 7 ta tipda 5,7, 9, 12 va 16 qavatli uylar qurish koʻzda tutilmoqda. Mazkur qurilish ishlarida hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga alohida eʼtibor berilmoqda. Massivlarda daraxt ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga birlamchi masala deb qaralmoqda.
Shu oʻrinda mazkur uylarning yarim yertoʻla, yaʼni sokol qavatlarida yashash xonadonlarini joylashtirish boʻyicha meʼyorlari boʻyicha bir qator talablar belgilangan.