• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sirdaryo viloyatidagi muammoli mahallalarni o‘rganmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sirdaryo viloyatidagi muammoli mahallalarni o‘rganmoqda
Fev 4, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Mamlakatimizdagi 9 ming 309 ta mahalladan 763 tasida sport obyekti, 6 mingdan ortig‘ida kutubxona yo‘q. Shuningdek, 10 ming 130 ta maktabdan 2 mingdan ziyodida sport zali, 22 tasida esa kutubxona majud emas. mamlakatimiz hududlaridagi 1 071 ta mahallada aholi bilan ishlash, ijtimoiy iqtisodiy masalalarni hal etish yuzasidan ko‘plab muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu mahallalarning 592 tasi tuman markazidan 30 kmgacha uzoqlikda, 120 tasi esa olis va chekka hududlarda joylashgan. 78 ta mahalla yerlari chegara atrofidagi hududlarga to‘g‘ri keladi. Bu yerlarda ichimlik suvi, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha obyektlari, elektr va gaz taʼminoti kabi masalalar hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Joriy yildan ushbu muammolar yechimiga qatʼiy kirishiladi. Gap shundaki, 446 ta mahalla shu yilning o‘zida tubdan yangi qiyofaga kiradi. Xususan, Sirdaryo viloyatidagi qator mahallalarda ham shu yil qurilish bunyodkorlik ishlari bajariladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari D.Adilov, vazirlikning hududiy boshqarmalari masʼullari bilan viloyat tumanlaridagi “Hikmatli”, “Yangihayot”, “Nurli yo‘l”, va “Yangiobod” MFY larida bo‘ldilar. Hududlarni ko‘zdan kechirish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 30-yanvarda yoshlar, sport, sog‘liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti jarayonida berilgan topshiriqlar ijrosiga asosiy e’tibor qaratildi. Qishloq joylarida odamlar, yoshlar uchun maishiy ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash, maktablar stadionlari yonida sunʼiy qoplamali mini-futbol maydoni, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka uchun joylar tashkil qilishning chora-tadbirlari belgilandi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mahallalarda kutubxona, kompyuterxona, oshxona, hammom qurishga ehtiyoj bor. Kelgusida shifokorlik punktlarini ham joylashtirish mumkin. Qurilishga masʼullarning fikricha, shu orqali hududlarda xizmatlarni rivojlantirish mumkin.

 

 

Aynan shulardan kelib chiqqan holda, loyihani yanada takomillashtirishga kelishib olindi.