⚡️Shu kunlarda Qurilish vazirining oʻrinbosari Nasrullo Boboyev Qashqadaryo viloyatida boʻlib, hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini oʻrganmoqda. Xususan, Koʻkdala tumanidagi 105 va 219-sonli umumtaʼlim maktablarining mavjud holati, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, muammo va ularning yechimi borasida amaliy takliflar berilmoqda.
✅Shuningdek, yangi barpo etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlariga yer tanlash, qo‘shimcha binolarni joylashtirish masalalari bo‘yicha joyida tuman mas’ullari, hokim o‘rinbosari, qurilish bo‘limlari va nazorat inspeksiyasining mutaxassislari bilan birgalikda bajarilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.