• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligi delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish vazirligi delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi
May 31, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish vazirligi delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari Qozog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi qo‘mitasi, Qozog‘iston tadqiqotlari va qurilishini tartibga solish markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, Nursulton shahrida BI GROUP kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan industrial modulli uy-joy qurish texnologiyasi o‘rganildi va ularga O‘zbekistondagi ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish, qurish va kreditlash tartibi, bu borada aholiga yaratilayotgan qulayliklar xususida ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuvlar ikki tomon mutaxassislari uchun tajriba almashishga keng imkoniyat yaratmoqda.