⚡️ DIQQAT, TANLOV!
📣 Qurilish vazirligi “Yangi asr iste’dodlari-2021” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🔎 Ko‘rik-tanlov 11-12-iyun kunlari talaba yoshlarning bilim va iqtidorlarini, innovatsion loyiha va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtirish, ijodiy bilimini kengaytirish maqsadida online tarzida o‘tkaziladi.
🔰 Ko‘rik-tanlov nominatsiyalari:
1. Eng yaxshi tasviriy va amaliy san’at asari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va o‘ymakorlik);
2. Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket;
3. Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash qayta tiklash va kompozitsiya loyihasi;
4. Eng yaxshi landshaft va interer dizayni;
5. Eng yaxshi innovatsion muhandislik-kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari;
6. Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari;
7. Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha;
8. Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;
9. Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar.
🌐 Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari, talablari xususida Qurilish vazirligining www.mc.uz saytidan to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
📍Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi manzili: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy.
📞 Murojaat uchun telefonlar: 71-210-11-04 (1201, 1202)