Unda ichki bozorga sifatli qurilish materiallarini yetkazib berish hamda sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida joylashgan “EAST MINING INVEST” MCHJ QKning gazoblok mahsulotini ishlab chiqarish jarayoni hamda muvofiqlik sertifikati talablariga rioya qilish bo‘yicha tajribasi bilan tanishildi.
Yig‘ilishda Qurilish vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakillaridan tashkil topgan komissiya tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi.
Ushbu komissiya mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, xususan gazoblok orasida sifatsiz mahsulotlar paydo bo‘lishining oldini olish va bartaraf qilish maqsadida mahsulot sifatini doimiy ravishda nazorat qiladi.