❗️Unda Rosanna Nitti Jahon banki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag’allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda uy-joy sohasini baholashni amalga oshirayotgani, bu ishlar uy-joy siyosatida olib borilayotgan islohotlar uchun axborot asosi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
➡️Vazir o‘rinbosari N.Boboyev bugungi kunda Qurilish vazirligi tomonidan uy-joy sohasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol ishlar olib borilayotgani haqida ma’lumot berdi.
🟢 Jahon banki vakillari kelgusida mamlakatimizda uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘proq texnik masalalarni muhokama qilish uchun vazirlik mutaxassislari bilan muloqotni davom ettirishni taklif qildi.