• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Apr 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Bugun Qurilish vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O’zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri Botir Zokirov hamda delegatsiya a’zolari ishtirokida kechgan suhbatda Jahon bankining texnik ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi va uning doirasida O‘zbekistonning shaharsozlik tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bu yo’nalishdagi ishlarni takomillashtirishda Qurilish vazirligiga xalqaro maslahatchi Bart Muskens va mahalliy maslahatchi Bahrom Xodjayevlar jalb etilgan. Ushbu ekspertlarning tahlili asosida O‘zbekistonning to‘rtta shahrida bosh reja tajriba loyihalari, ikki viloyatning rivojlanish sxemalari va tajriba loyihalari ishga tushiriladi. Shu tariqa O‘zbekistonning bosh rejasini ishlab chiqishda ko‘mak beriladi.

Loyihalar “O‘zshaharsozlikLITI” loyiha instituti bilan hamkorlikda xalqaro tajriba, jumladan, GIS tizimlari asosida ishlab chiqiladi.

Loyihaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bosh rejalarni aholi uchun imkon qadar ochiq va shaffof qilishdir. Bosh rejalarni modernizatsiya qilish shaharsozlik loyihalariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratadi.

Bundan tashqari amaliy ishlar doirasida rejalashtirish sohasidagi normativ hujjatlar takomillashtiriladi.

Bu O‘zbekiston uchun o‘ziga xos loyiha bo‘lib, mazkur tizimni yangi bosqichga olib chiqadi.