⚡️ Joriy yilning 26 mart kuni Qurilish vazirligida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Texnik me’yorlash, yangi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi, Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda yuriskonsult Z.O.Tog‘ayev ma’ruza qildi. Qurilish vazirligi markaziy apparatidagi boshqarma va bo‘limlar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari ishtirokidagi uchrashuv bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi.