⚡️Bugun Qurilish vazirligida Boshqirdiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va Kongress faoliyati vazirining birinchi o‘rinbosari Lena Mixaylovna Izotova boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Boshqirdiston va O‘zbekiston o‘rtasida qurilish sohasidagi munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari masalasi muhokama qilindi. Rossiya tomonidan xorijiy kompaniyalarning yurtimizda o‘tkaziladigan tenderlarda ishtirok etish shartlari yuzasidan savollarga javoblar berildi.