• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligida Toshkent shahridagi tuman qurilish bo‘limlari boshlig‘i lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat tashkil etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilish vazirligida Toshkent shahridagi tuman qurilish bo‘limlari boshlig‘i lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat tashkil etildi
Yanvar 28, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Qurilish vazirligida Toshkent shahridagi tuman qurilish bo‘limlari boshlig‘i lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat tashkil etildi. Unda markaziy apparat xodimlaridan iborat ishchi guruhi a’zolari tomonidan arxitektorlar o‘z faoliyati davomida qat’i rioya etishi zarur bo‘lgan huquqiy-me’yorlar haqida ko‘plab savollar berildi. Shuningdek, nomzodlar yaqinda ishga tushgan “Shaffof qurilish” elektron tizimi orqali shaharsozlik faoliyatini tashkil etishdagi muhim jihatlar xususidagi savollarga ham atroflicha javob berishdi.

Ma’lumot o‘rnida: Poytaxtimiz tuman qurilish bo‘limlaridagi mavjud 11 ta boshliq lavozimlariga 20 nafardan ortiq nomzodlar ko‘rib chiqildi.