10-sentabr kuni Qurilish vazirligiga Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin tashrif buyurdi.
⚡️Qurilish vazirining o‘rinbosari Nasrullo Boboyev, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim To‘laganov hamda boshqarma boshlig‘i A’zamiddin Qo‘ldoshevlar rossiyalik mehmonlarni samimiy qarshi oldilar.
⚡️Uchrashuvda qurilish sohasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik, sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.