✅Fargʻona viloyati Fargʻona tumani Mindonobod MFY hududida “Iqtisod” MCHJ tomonidan qurilgan imtiyozli namunali ko‘p qavatli uy-joy haqida fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga yo‘llangan videomurojaat joyida oʻrganildi.
▶️Murojaatda keltirilgan muammolar boʻyicha binoning kirish (podyezd) qismidagi chiqib-tushish maydonchalariga ishchi loyiha hujjatlarida pol yuzasiga pardozlash berilganligi sababli pudrat tashkiloti tomonidan chiqib-tushish maydonchasi yuzalarining pardoz ishlari bajarilgan, zina maydonlarida bajarilgan kafel ishlari pudrat tashkiloti tomonidan notekis bajarilganligi sababli kafel yuzalarida siniqlar hosil boʻlgan.
🔴Ichki devor yuzalaridagi koʻchishlar esa oqava suv quvurlaridan suv oqqanligi sababli hosil boʻlgan, foydalanish davrida suv haydash motori texnik sabablarga koʻra kuyib qolgan, laminat pollar tagi eski qolib ketgan qumlardan tozalanmaganligi sababli tozalash davrida qumlar chiqayotgani aniqlandi hamda ushbu holat nazoratga olindi.