• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

RASMIY MUNOSABAT

May 7, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

2019-yil 11-martda Toshkent shahar hokimining “ROYAL TOWERS” MCHJga yer uchastkalarini zahiralash va investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan talablarni bajarish haqidagi 381-sonli qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorda “ROYAL TOWERS” MCHJga Yakkasaroy tumani, Glinka ko‘chasida “Zamonaviy klinika, maktabgacha ta’lim muassasasi, avtoturargoh, savdo do‘konlari, sport-sog‘lomlashtirish va turar joy binolari qurilishi” uchun 1,92 ga yer maydonini zahiralashga hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan, shuningdek, “ROYAL TOWERS” MCHJga ushbu manzilda joylashgan mavjud turar va noturar binolarini o‘z hisobidan buzish hamda yetkazilgan zararlarni o‘rnatilgan tartibda qoplash vazifalari yuklatilgan.

SPECIAL PROJECT” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, barcha tegishli xulosalar olingan. Obyekt 2020-yilning 24-avgustida Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan.

SHNQ 2.07.01-03 21.1* “Shaharsozlik” Turar-joy binolari, turar-joy va jamoat, shuningdek, sanoat binolari o‘rtasidagi masofalar quyosh nurining tushishi (insolyatsiya) va yoritilganlikni hisoblashlar asosida, asosiy turar-joy binolari va xonadonlari yonidagi hovlilarning ko‘rinish chegaralari, shuningdek, yong‘inga qarshi talablarga muvofiq tarzda qabul qilinishi zarur. Ko‘p xonadonli turar-joy uylarining uzun tomonlari o‘rtasidagi masofalar esa quyidagicha:

9 va undan ko‘proq qavatli binolar uchun uzun tomonlari o‘rtasidagi masofa 40-45m dan kam bo‘lmasligi, yashash xonalarida derazalari bo‘lgan ushbu binolarning yon tomonlari uchun 20-25m dan kam bo‘lmagan masofada qabul qilinishi ko‘rsatilgan.

Qurilish obyektida o‘rnatilgan GRT-60 markali minorali kran o‘rnatilishi bo‘yicha ishlarni bajarish loyihasi ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 17-fevraldagi 06/20-0441-BG son bilan ro‘yxatga olingan ruxsatnomasi olingan.

Humo ko‘chasi 29 va 35-uylar orasida A-4 blokda handaq (kotlovan) qazish ishlari qurilish me’yori va qoidalaridan chetga chiqqan holda sifatsiz bajarilganligi sababli qurilish ishlari to‘xtatilgan.