• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

RASMIY MUNOSABAT (Jizzaxdagi holat yuzasidan)

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > RASMIY MUNOSABAT (Jizzaxdagi holat yuzasidan)
Yanvar 14, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Bugun vazirlik rahbariyati tomonidan 10 yanvar kuni Jizzax shahridagi 6 qavatli binoning 7 ta xonadoni qulab tushgani sabablarini o‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlandi. Tadbirda Qurilish vaziri Botir Zokirov, vazir o‘rinbosarlari Kozim To‘laganov va Shuhrat Hoshimov tomonidan jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax shahri, «Zilol» MFY, Mustaqillik qo‘chasida 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2, 3-qavatlari turar-joy binosi qurilishi bo‘yicha buyurtmachi “Barakali Qorako‘l Chorvador” fermer xo‘jaligi tomonidan Jizzax viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-qaroriga asosan Davlat xizmatlari markazi orqali 2020 yil 29 yanvar kuni murojaat qilingan, inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun № 16-son ruxsatnoma berilgan.

Dastlab, “Jizzax Bunyodkor Loyiha” MCHJ tomonidan binoning  3 qavatli loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.

Ushbu loyiha-smeta hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari” DUK Jizzax viloyat filiali tomonidan 2020 yil 27 yanvarda №023/1-20-son ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan.

Shunga qaramasdan buyurtmachi-pudratchi tomonidan ho‘jalik usuli bilan 1-2 qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari hamda 3-6 qavatlarida turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini “DISCOVERY ARCHITECTS GROUP” MCHJ tomonidan qayta ishlab chiqilgan, Jizzax viloyat Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashi bilan kelishilmagan, lekin Jizzax viloyati “Shaharsozlik hujjatlari” DUK Jizzax viloyat filialining 2020 yil 12 oktabrda №393/1-20-son ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan.

Buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan (uch qavatli binoni olti qavatli binoga o‘zgartirilgan, loyiha-smeta hamda ekspertiza xulosasi o‘zgartirilgan), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qarori, 5-ilovasi, 20-bandiga binoan 10 kunlik muddatda loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritilib, ekspertizadan o‘tkazilganligi yuzasidan hududiy inspeksiyaga ma’lumot kiritilmagan.

Obyektda qurilish-montaj ishlari 2020 yilning mart oyida boshlangan. Jizzax viloyat QS’HN inspeksiyasi tomonidan obyektda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining loyihaga mosligi, bajarilgan ishlarning sifati ustidan hududiy nazorat inspeksiya inspektorlari tomonidan 6 marotaba nazorat ishlari o‘tkazilgan.

Nazorat ishlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan 2020 yil 21 avgustda buyurtmachi va pudratchi tashkilot “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi ish yurutuvchisi A.Boboyevga obyektda:

– SHNK 3.01.01-03 “Qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish”ning talabiga zid ravishda qurilish obyektida, loyihada keltirilgan o‘lchamlarni naturaga ko‘chirish va vertikal rejalashtirish dalolatnomalari taqdim etilmaganligi;

– SHNK 3.01.01-03 “Qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish”ning talablariga asosan qurilish obyektiga olib kelingan temir-beton plita, g‘isht, armatura va sement maxsulotlariga muvofiqlik sertifikati taqdim etilmaganligi;

– Obyektda umumiy va maxsus ish yuritish jurnallari yuritilmaganligi va yashirin ishlarni guvohlash dalolatnomalari rasmiylashtirilmaganligi;

– KMK 3.01.02-00 “Qurilishda texnika xavfsizligi”ning 1.12-bandlari talablariga amal qilgan holda qurilish maydonidagi ishchilar maxsus kiyim va himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi;

– Uy-joyning poydevor va devor ishlarida bajarilgan quyma betonlarning loyihaviy mustaxkamligiga mos kelishi bo‘yicha qurilish-sinov labaratoriya xulosasi taqdim etilmaganligi;

– Qurilish obyektiga buyurtmachi tomonidan texnik nazoratchi va ishlarni yuritish uchun ish yurituvchi (prorab) buyruq bilan biriktirilmaganligi sababli inspeksiya tomonidan №0144-son muddatli yozma ko‘rsatma berilgan.

ESLATMA: Qurilish vazirligi barcha yurtdoshlarimizga qurilish ishlarini amalga oshirayotganda malakali quruvchi mutaxassislarni jalb qilish zarurligini tavsiya etadi.