Xabaringiz bor “Yangi iste’dodlar — 2022” Respublika ko‘rik-tanlovi joriy yilning 27-may kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Respublika tanlovida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida tanlovning institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda qator mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘zlarining ijodiy ish namunalari, arxitekturaviy loyihalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek tanlov maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha ijodiy ishlash baholandi.