• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Respublikada 22 ta bog‘cha, 31 ta maktab, 16 ta oliy ta’lim muassasalari quriladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Respublikada 22 ta bog‘cha, 31 ta maktab, 16 ta oliy ta’lim muassasalari quriladi
Dekabr 28, 2020 Posted by: tested Yangiliklar

“2021–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4936-son, 28.12.2020 y.) qabul qilindi.

? Qaror bilan 2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2021-2023 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar tasdiqlandi.

? Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan:

➖ 22 ta bog‘cha (jami 2 970 o‘ringa ega), 31 ta umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 o‘quv o‘rniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 o‘quv o‘rniga ega) yangi quriladi;

➖ jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha jami 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

➖ 11 ta madaniyat va san’at ob’ektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruksiya qilinadi;

➖ sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha jami 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

☑️ Shuningdek, ilm-fan va innovatsion ob’ektlarni rivojlantirish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

? Xususan, 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekular allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan.

? Bundan tashqari, temir yo‘l va metropoliten yo‘lini rivojlantirish choralari ham ko‘riladi.