• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

REYD

Mar 16, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Farg‘ona shahridagi 5 qavatdan iborat “Fergana city mall” turar joy va savdo-maishiy kompleksi binosidagi qurilish jarayonlari o‘rganildi. Ushbu binoning uzunligi 72 metr va 2 ta bo‘linmadan iborat bo‘lib, bo‘limlar chegarasidagi (shov qismida) harorat chokidan yorug‘lik sifatida (oyna o‘rnatish maqsadida) foydalanilgan. Bu esa meʼyor talablariga zid ravishda qurilganligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan lift shaxtasi asosiy konstruksiyaga biriktirib qurilgan bo‘lib, lift bilan zinapoya marshlari orasida shov qoldirilmagan.

Shuningdek, loyihada belgilangan 1 kv.m uchun 800 kg yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan orayopmalar (plita) o‘rnatish mo‘ljallangan bo‘lib, kelajakda ushbu turdagi plitalarga belgilangan normadan ortiq yuklamalar bermasligi taʼkidlandi.

O‘rganilgan kamchiliklar bo‘yicha qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan lift atrofida qurilayotgan zinapoya marshlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berildi.