AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi, uni shakllantirish mezonlari haqida ma’lumot berdi:
📉 Qurilish tashkilotining, soliq, mehnat, moliya va boshqa bir qator yo‘nalishlarda muammolari bo‘lgani uchun ballari avtomatik tarzda tushib ketadi. Bu Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining birlamchi baholashiga bog‘liq masala emas.
✅ Qurilish tashkilotlarining reytingida iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlar, texnik imkoniyatlar, ishning sifati, mehnat xavfsizligi, boshqaruv va sifat standartlari hamda kadrlar siyosati kabi omillarga e’tibor qaratiladi.