• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Samarqandda yana bir noqonuniy qurilish to'xtatildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Samarqandda yana bir noqonuniy qurilish to’xtatildi
Fev 23, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

“Nuz.uz” saytida Samarqand shahridagi “Farovonlik” va “Loxuti” mahallalarida ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishida qonunchilik talablari qo‘pol ravishda buzilayotgani, viloyat mutasaddilari ham ushbu jarayonga ko‘m yumayotgani va ularning ham manfaatdorligi mavjudligi tanqid ostiga olingan. Samarqand viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassis xodimlari tomonidan obyektga chiqib o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi.

Samarqand shahar hokimining 2018 yil 8 iyundagi 1066-Q-sonli qarori bilan “Avazxon Story Building” MCHJga Ozod Sharq ko‘chasida joylashgan fuqarolarga tegishli bo‘lgan noturar va turar joy binolarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘chirish hisobidan shaharsozlik hujjatlari asosida, tarkibida bolalar bog‘chasi, mahalla markazi bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binosini qurishga ruxsat berilgan.

Samarqand viloyat prokuraturasining 2018 yil 18 oktabrdagi 10.2/852-18-758-3176-sonli protestiga asosan Samarqand shahar hokimining 2018 yil 7 noyabrdagi 2138-Q-sonli qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan Samarqand shahar hokimining 2018 yil 8 iyundagi 1066-Q-sonli qarorining 2-bandidagi “ko‘p qavatli turar-joy binosi” so‘zlari “o‘rta qavatli ko‘p xonadonli turar-joy binolari” so‘zlariga almashtirilgan.

Mazkur qaror yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasining protesti kiritilib, Samarqand shahar hokimining 2018 yil 8 iyundagi 1066-Q-sonli hamda 2018 yil 7 noyabrdagi 2138-Q-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2.21.32-moddalari, ”Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik Kodeksining 7-moddasi hamda Shaharsozlik normalari va qoidalarining 329.2-bandi va 21.1-bandi talablariga zid ravishda qabul qilinganligi sababli ushbu qarorlarni bekor qilish so‘ralgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 iyuldagi Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va viloyat faollari bilan o‘tkazilgan 30-sonli Majlis bayonining 18-bandi bilan Samarqand shahrining tarixiy qismi va unga tutash hududlarda (bufer zonasidan) ko‘p qavatli uy-joylarni qurish taqiqlanganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Samarqand shahar prokuraturasining 2020 yil 16 yanvardagi 10.2/368-20-sonli protesti ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand shahar hokimining 2020 yil 27 yanvardagi 38-Q-sonli qarori bilan shahar hokimining 2018 yil 8 iyundagi 1066-Q-sonli, hamda 2018 yil 7 noyabrdagi 2138-Q-sonli qarorlari bekor qilingan.

Bugungi kunda “Avazxon Story Building” MCHJ tomonidan Ozod Sharq ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmaganligi sababli to‘xtatib qo‘yilgan.