‼️Javob: Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda ularning reytingini yuritish, loyiha va qurilish ishlarida markazlashtirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha takomillashgan tizimni joriy etish reyting tizimining asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Shuningdek, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari hamda qoidalariga toʻliq rioya etilishiga erishish va ular oʻrtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish ham koʻzlangan maqsadlardan biridir. Darvoqe, loyiha va qurilish sohasida mahoratli ishchi hamda xizmatchi (kadr)larni tayyorlash, ularning malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish hamda ushbu soha boʻyicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pogʻonalardan joy olishini taʼminlash ham reyting tizimining ustuvor vazifalari hisoblanadi.