‼️Javob: Ha, albatta! Davlat Soliq qo‘mitasi – 45 ball, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 18 ball, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi – 13 ball, Davlat Statistika qo‘mitasi – 10 ball, Ichki ishlar vazirligi – 5 ball, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi –5 ball, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi – 4 ball etib belgilangan. Yana shuni ta’kidlash o‘rinliki, Qurilish vazirligi tomonidan istiqbolda qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash mezonlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi bilan kelishgan holda kiritilishi belgilandi.