🏗Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrining eng shimoliy hududi hisoblangan “Shimbay guzari” mahalla fuqarolar yigʻini “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilib, hozirgi kunda bu yerda qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
❗️Mahalla hududida 14 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda maktab, bogʻcha va poliklinika qurilishiga ehtiyoj bor. Hozirda bu masalalar yechimiga ham kirishilgan. Xususan, 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Albatta bu kabi ezgu ishlar odamlarga qulaylik yaratish, ularning ogʻirini yengil qilish kabi maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.