📍 Poytaxtimizning Yunusobod tumani Markaz-5 ”Matonat” mahallasi 69 va 70-son ko‘p qavatli uylarga boruvchi markaziy issiqlik quvurlarining qaytish tizimida muzlash holatlari kuzatildi.
Ayni daqiqalarda ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida “Viola energy” tuman bo‘limi xodimlari tomonidan diametri 125 mm bo‘lgan 36 metr issiqlik quvurlarini to‘liq almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🌐 Shu o‘rinda yangi tortilgan quvurlar orqali 76 ta xonadonda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning issiqlik tizimi to‘liq tiklanadi.