📎 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Joʻrayeva hamda Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov Mirzo Ulug’bek tumani Muhammad Yusuf ko’chasi 60-uyda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
🏠 Mazkur uyga “Boʻz Guliston” shirkati tomonidan xizmat koʻrsatilgan boʻlib, aholining ta’kidlashicha, hech qanday amaliy ish qilinmagan. Hozirda mulkdorlar roziligi bilan koʻp qavatli uyni “Elobod kommunal servis” BSKga oʻtkazishning tashkiliy tomonlari koʻrib chiqilmoqda.
Vazirlik tomonidan tuzilgan tezkor shtab uyning 7 va 8-xonadonlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda.