💥Bugun beg‘ubor o‘quvchilik davrini ortda qoldirib, qadrdon maktab, ustoz va murabbiylar bilan xayrlashib, hayotning yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarimizni tabriklashdan mamnunman. Ishonchim komilki, siz Yangi O‘zbekistonning munosib poydevorlari sifatida ota-onangiz va jonkuyar ustozlaringiz ishonchini oqlaysiz.
Mamlakatimizda kechayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga o‘z hissangizni qo‘shasiz. Zero, bugun sizni erkin va mukammal ta’lim olishingiz, kelajagingiz va porloq istiqbolingiz uchun mustahkam sharoit yaratildi va bu ishlar izchil davom etmoqda. Sizdek, qalbi pok orzu-umidlar bilan to‘lgan azmu shijoatli yoshlar timsolida xalqimiz va vatanimiz kelajagini ko‘ramiz. Sizga faqat omad va baxt hamroh bo‘lsin.
✍️Qurilish vaziri Botir Zokirov