• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining vazifalari:

1. Arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar bilan taʼminlaydi.

2. Vazirlik tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda oʻquv jarayonining amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishda hamkorlik qiladi.

3. Vazirlik markaziy apparati va uning tarkibidagi tashkilotlarning xodimlari uchun tizimdagi oʻzgarishlar va yangi talablarni hisobga olgan holda xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish jarayonida ishtirok etadi.

4. Shaharsozlik faoliyatining rivojlanish tendentsiyalari va xorijiy tajribani hisobga olgan holda taʼlim muassasalarida yangi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularni oʻquv-uslubiy tomondan taʼminlash, malakaviy amaliyotlarni ishlab chiqarish tashkilotlarida tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirib boradi.

5. Xalqaro tajribalar asosida yangi malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

6. Arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida taʼlim jarayoni yanada takomillashtirish yuzasidan qonun hujjatlari loyihasini tayyorlaydi va kelishish uchun tegishli vazirlik va idoralarga kiritadi.

7. Oʻzbekiston Qurilish vazirligi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan tarkibdagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari faoliyatini taalluqli masalalar boʻyicha muvofiqlashtirib boradi.

Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining funktsiyalari

1. Vazirlik tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tegishli qismlarning bajarilishini taʼminlaydi.

2. Vazirlik tarkibidagi taʼlim muassasalarida rahbar kadrlarni tanlash, ularni lavozimlarga tayinlash, kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflarni rahbariyatga kiritadi.

3. Arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli ravishda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash, respublikaning ixsoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va kasb hunar kollejlarida taʼlim jarayonini tubdan oshirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi.

4. Tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlariga talabalar qabul qilish kvotalari boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi. Bunda arxitektura va qurilish sohasiga oid mutaxassisliklarga boʻlgan talabni oʻrganadi, shuningdek yangi zamonaviy mutaxassisliklar boʻyicha takliflar kiritadi.

5. Tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari talabalarining tayyor kadr sifatida yetishib chiqishini taʼminlash hamda taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida ularning malakaviy amaliyotlarini oʻtash bazasi sifatida loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga koʻmaklashadi, ularga tajribali mutaxassislarni biriktirish ishlarini muvofiqlashtiradi.

6. Tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida yetakchi loyiha tashkilotlari, yirik qurilish tashkilotlari va shaharsozlik faoliyati sohasidagi boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislari maʼruzalarini tashkil etadi.

7. Taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi, kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish tashkilotlari bazasida oʻtkazishni tashkil etadi;

8. Arxitektura va qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshirishda va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etadi;

9. Talabalarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish obʼektlarida koʻchma darslar tashkil etadi.

10. Boshqarma faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda takliflarini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadi.

11. Oʻz vakolati doirasida tarkibdagi oliy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlariga koʻrsatmalar beradi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.