Termiz tumanida joylashgan “Otchopar” majmuasi hududida ko‘p qavatli turar-joylar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, ijtimoiy soha obyektlari, mehmonxona va boshqa binolarni o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini barpo etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan.
➖ Kecha mas’ullar hududda bo‘lib, rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi.
Loyihani takomillashtirish, “Yangi O‘zbekiston” massividagi obyektlar va turar-joy binolarining joylashuvi, xususan, hududda bunyod etilishi ko‘zda tutilgan mehmonxona joyini o‘zgartirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Tumanning turistik potensiali yuqoriligi sabab ushbu loyihaga ehtiyoj katta ekanligi ta’kidlandi. Shu sabab loyihani mukammal ishlab, uning birinchi bosqichini qisqa fursatlarda boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur loyihani amalga oshirishda odamlarning yaxshi yashashlari va hordiq chiqarishlari uchun qulay sharoitlarning mavjudligiga e’tibor qaratish, buning uchun esa “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘ini bir-biriga chambarchas bog‘lagan holda barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.