Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari boshchiligida Toshkent shahrining eng ogʻir tumanlarida sohada uchrayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida tezkor shtablar faoliyatini davom ettirmoqda.
Navbatdagi manzil 70 ta ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Areba klass” boshqaruv servis kompaniyasi bo’ldi.
Kompaniyaning 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmatiga bugungi kun hisobidan 57 ta murojaat kelib tushgan.
Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning asosiy qismi gaz bosimining pasayib ketishi va uning natijasida issiqlik energiyasining yetarli darajada berilmayotgani hamda elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog’liq.
Shuningdek, vazir o’rinbosari aholi bilan ham suhbatlashib, mavjud masalalarning yechimi joyida hal etilishi yuzasidan ko’rsatmalar berildi.