🔔Unda boshqarma boshlig’i S.To‘xtaev raisligida o’tkazilgan yig’ilishda boshqarma boshlig’i o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, tuman arxitektorlari va bosh boshqarma xodimlari ishtirok etdi.
Hududi 43 ming gektarni egallagan Toshkent shahrida ayni paytda 3 millionga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Shu bois yangidan qurilayotgan aholi turar joylari, infratuzilma obyektlari, ofis va binolar, turistik majmualarni qurishda shaharsozlik me’yorlariga monand barpo etish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
ℹ️Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasida bo’lib o’tgan Kengash yig’ilishida ham ayni paytda qurilishi rejalashtirilgan va foydalanishga topshirilishi mo’ljallangan 60 ga yaqin loyihalar ko’rib chiqildi.