• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar > Uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Apr 20, 2022 Posted by: tested Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar

Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori (200-son, 20.04.2022 y.) qabul qilindi

✅ Qarorga ko‘ra, quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

  • bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
  • bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
  • arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
  • loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
  • qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
  • ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

🔰 Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YAIDXPga murojaat qilinadi.

⏳Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

🗓 Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.