• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xalqaro hamkorlik

Noyabr 29, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Ozarbayjon Respublikasi Davlat shaharsozlik va arxitektura qo‘mitasi raisligida “2021-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida Arxitektura va shaharsozlik yili”ga bag‘ishlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq qurilish sohasida hamkorlik bo‘yicha XLII hukumatlararo kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo’ja Hoshimov “O‘zbekiston Respublikasi qurilish industriyasini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish strategiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, hukumatlararo kengashda ishtirok etuvchi mamlakatlarning tegishli vazirlik va idoralari vakillarining hisobotlari tinglandi. Hukumatlararo kengashning XLIII majlisi 2022-yilning 1-choragida Armaniston Respublikasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.