• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

XALQARO HAMKORLIK

Dekabr 7, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan Qurilishda texnik meʼyorlash markazining asosiy funksiyalari etib qurilish sohasidagi xalqaro normalar, qoidalar va standartlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida milliy normativ hujjatlarni ular bilan uygʻunlashtirish, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qilish belgilangan.

7-dekabr kuni Qurilish vaziri mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida “KICT” Koreya qurilish muhandisligi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda qurilish sohasida shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish loyihasining boshlangʻich fazasida amalga oshiriladigan ishlar xususida fikr almashildi.

Uchrashuvda istiqbolda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish hamda mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, ular bilan muhokama va seminarlar oʻtkazish masalasiga ham to’xtalib o’tildi.