⚡️Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Adilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari joriy yilning 9-iyunida Yaponiyaning Tokio shahriga yetib borishdi.
▶️10-iyun kuni BCJ (The Building Center of Japan) Yaponiyaning qurilish Markazi Prezidenti Kimixiro Xashimota, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi Okasaki Atsuo, boshqarma boshligʻi Toxru Onga va Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi masʼullari vazirlik mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
?Unda tomonlar o‘z faoliyatlari haqida maʼlumot berdilar hamda ikki davlat oʻrtasida bugungi kunda qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida fikr almashildi.
Jumladan, Yaponiyaning qurilish Markazi 1965-yilda tashkil topgan boʻlib, Yaponiyaning Yer resurslari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi tomonidan joriy qilingan standartlar hamda normalar asosida Yaponiyaning qurilish sohasini texnik nazorat qilish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotdir. Muzokaralarda shu haqida ham maʼlumot berildi.
✔️Oʻz navbatida Davronjon Adilov tomonidan Oʻzbekistonda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada davlatning sohaga qaratayotgan e’tibori, Qurilish vazirligining faoliyati haqida maʼlumot berdi. Xususan, uchrashuvda zilzilabardoshlik, baland binolarni qurish texnologiyalari, ekologiya va energiyasamaradorlik sohasida tajriba almashish, Yaponiyaning Yer resurslari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi hamda qurilish sohasida nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha fikr yuritildi.
❗️Muhokamalar davomida hamkorlik yoʻnalishlariga aniqlik kiritib o‘tildi. Ya’ni Qurilish vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik meʼyorlash markazi direktori Rustam Qo‘chqorov tomonidan ikki tomon oʻrtasida hamkorlik memorandumini tuzish lozimligi, Yaponiyadan qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmlari va baland binolarni qurishda qoʻyiladigan talablarni o‘rganish, Oʻzbekistonda seysmikaga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirishga bu yerdan mutaxassis jalb qilish imkoniyati, foydalanish uchun qurilish sohasidagi Yaponiya standartlarini olish, yurtimizda ishlab chiqilayotgan normativ hujjatlarga yaponiyalik mutaxassislar tomonidan taqrizlar berilishi kabi masalalariga to‘xtatilib o‘tildi.
?Qurilish vazirligining Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Sh.Kurbaniyazov BCJ yordamida JICA ishtirokida boʻladigan hamkorlik faoliyatini jadallashtirish va bu uchun zarur hujjatlarni shakllantirish hamda Seysmika boʻyicha 2025-yilga qadar 150 nafar xodimlarni Yaponiya qurilish markazi tomonidan malakasini oshirish imkoniyatlari boʻyicha ham takliflar berdi.
?Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilab oldilar.