⚡️2022-yilning 11-iyun kuni Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Davronjon Adilov boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasiga tashrif buyurishdi.
🔴Elchi Muhsinxoʻja Abdurahmonov taklifiga binoan amalga oshirilgan qabul davomida Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasini rivojlantirishda Yaponiyaning yirik tashkilotlari bilan aloqalarni oʻrnatish, xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida ikki tomonlama almashinuv faoliyatini yoʻlga qoʻyish, qurilish sohasida tashkil etiladigan nufuzli tadbirlarda vazirlik tomonidan tavsiya etiladigan xodimlarning ishtirok etishiga oid masalalar muhokama qilindi. Oʻzaro samimiy kechgan muloqotda bu borada elchixona amaliy yordam koʻrsatishga tayyor ekanligi bildirildi. Tashrif davom etmoqda.