❗️2022-yil 16-iyun kuni Koreya qurilish muhandisligi va qurilish texnologiyasi instituti KICTga tashrif buyurildi va KICT hududida joylashgan laboratoriya, qurilish ustaxonasi va institutda eksperimental shaklda barpo etilgan va bugungi kunda to‘liq ishga tushirilgan energiya samarador bino bilan yaqindan tanishtirildi.
📎Institut hududiga qilingan ekskursiyadan soʻng KICT prezidenti Kim Byung-Suk D.Adilov boshchiligidagi ishchi guruhi aʼzolarini Koreyaga tashrifi bilan qutladi va qabulning rasmiy qismiga oʻtildi.
✍️Yigʻilishning rasmiy qismida ikki tomonlama doʻstona munosabatlar, tarixiy sanalar, Koreyaning qurilish sohasida normativ va standartlarni qabul qilish tajribasi va bugungi holati haqida taqdimotlar namoyish etildi.
✔️Qurilishda texnik meʼyorlash markazi direktori R.Qo’chqorov tomonidan KICT bilan mavjud hamkorlik loyihasidan koʻzlangan maqsad loyihani amalga oshirilishidagi muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar va tavsiyalar haqida soʻz yuritildi.
🔴KICT prezidenti Kim Byung-Suk yigʻilishda muhokama qilingan masalalar KICT masʼullari tomonidan oʻrganib chiqilib, ijobiy hal etilishi boʻyicha qaror qabul qilishini maʼlum qildi.
🟢2022-yil 17-iyun kuni D.Adilov boshchiligidagi ishchi guruh Koreyaning qurilish sohasida faoliyat yurituvchi “DL Company” kompaniyasiga tashrif buyurdi va ishchi guruh DL kompaniyasi Prezident oʻrinbosari va hududiy direktori Cho Xojin tomonidan qabul qilindi.
💡DL kompaniyasi Koreya bozorida 1-oʻrinni, koʻpriklar qurish boʻyicha jahonning kuchli 10 taligiga, umumiy qurilish boʻyicha xalqaro reytingida kuchli 100 talikga kirishi haqida maʼlumot berildi va yirik qurilish obyektlari haqida taqdimot namoyish etildi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasida DL kompaniyasiga katta qiziqish uygʻotayotganligi bildirildi.
➡️D.Adilov tomonidan Oʻzbekiston qurilish sohasida xorijiy tashkilotlarning faoliyat yuritish tartibi, Qurilish vazirligi tomonidan yaratilgan reyting tizimi, davlat va nodavlat obyektlar qurilishida ishtirok etish uchun xorijiy tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar va qoidalar bilan tanishtirib oʻtdi.
⚡️Shuningdek, DL kompaniyasining salohiyatini inobatga olib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida DL kompaniyasining ishtirok etishi maqsadga muvofiq ekanligi, buning uchun DL kompaniyasi delegatsiyasini Oʻzbekistonga taklif qilishini bildirdi.
🖇Rasmiy uchrashuvdan soʻng DL kompaniyasi tomonidan qurib, bitirilgan oqova suvlarini qayta ishlash inshootiga tashrif buyurildi. Mazkur inshoot Seul shahrining 1/3 qismiga xizmat koʻrsatishi, oqova suvini eng soʻngi texnologiyalar bilan tozalanish bosqichlari, yer va hududdan unumli foydalanish maqsadida inshootning yertoʻlada joylashganligi va ustki qismida xalq uchun bezarar ekotizim talablari asosida istirohat bogʻi barpo etilganligi tanishtirildi.