◀️Qurilishda texnik meʼyorlash markazi masʼullari hamda Koreya Respublikasining Qurilish va texnologiyalar instituti (KICT) mutaxassislari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “Oʻzshaharsozlik LITI” DUKda oʻtkazilgan muloqotda shaharsozlik boʻyicha Janubiy Koreya va Gollandiyada bu yoʻnalishda toʻplangan tajriba xususida oʻzaro fikr almashildi.
✅Shuningdek, shaharsozlik boʻyicha meʼyoriy hujjatlar tahlil qilindi.
📝Oʻz navbatida koreyalik mutaxassislar ham shaharsozlik normalarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni taqdim etdilar.